"Фан Ва Тараққиёт" ДМ

Xitoyning Harbin Muhandislik universitetida “2026-yil Yadro fanlari va texnologiyalar almashinuvi bo‘yicha simpozium” bo‘lib o‘tmoqda.

Xitoyning Harbin Muhandislik universitetida “2026-yil Yadro fanlari va texnologiyalar almashinuvi bo‘yicha simpozium” bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur nufuzli xalqaro tadbirda dunyoning turli davlatlaridan yetakchi olimlar, mutaxassislar hamda oliy ta’lim muassasalari vakillari ishtirok etib, yadro energetikasi, innovatsion texnologiyalar va ilmiy hamkorlikni rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashmoqdalar.

Simpozium jarayonida korxonamiz rahbarlari Abet N.S, akademik Negmatov S.S ham faol ishtirok etib, xalqaro ilmiy aloqalarni mustahkamlash, tajriba almashish va yangi hamkorlik yo‘nalishlari borasida aniq tashabbuslarni belgilab olmoqdalar.

Mazkur ishtirok universitetimizning xalqaro maydondagi nufuzini yanada oshirish, ilm-fan va innovatsiyalar sohasida yangi bosqichga chiqishida muhim ahamiyat kasb etadi.